AsosiyDunyo

Umrim tugadi, deb o`ylab bor-budini sarflagan ayol shifokorlarning xato qilganligini bildi

'Umrim tugadi, deb o`ylab bor-budini sarflagan ayol shifokorlarning xato qilganligini bildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik Jeki Dibb shifokorlar unga dahshatli tashxis qo`yib, umri kam qolganligini ma`lum qilishgandan keyin bor-budini ko`ngilxushlik uchun sarflab yubordi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

62 yoshli ayol kompyuter tomografiyasidan o`tgandan keyin unga bedavo dard tashxisi qo`yildi. Shifokorlar unga bor-yo`g`i 5 yil umri qolganligini ma`lum qilishdi. Shundan keyin Dibb va uning turmush o`rtog`i topgan-tutganlarini sayohat va ko`ngilxushlik uchun sarflashga qaror qilishdi.

Er-xotin eng qimmat muzlatkich sotib olishib, uning ichini turli eguliklarga to`ldirishdi. Dam olish, sayohat uchun ham anchagina mablag` sarflashdi. Dibb hatto 12 yoshli nabirasi bilan vidolashib, “ Men oldingidek sen bilan birga bo`laman, faqat filmlaridagi zombiga o`xshab qolaman”, dedi.

Oradan bir yil o`tib, qayta tekshiruvdan o`tgan ayol soppa-sog`ligini bildi. Uning o`zini yomon his qilishiga bedavo dard emas, balki u katta miqdorda qabul qiladigan antidepressant dori-darmonlar sabab bo`lganligi ma`lum bo`ldi.

Debbning turmush o`rtog`i kasalxona ma`muriyati ustidan shikoyat qildi, shifokorlar undan uzr so`rash bilan qutulib qo`ya qolishdi.

    Boshqa yangiliklar