Britaniyaning The Mirror nashri Disney studiyasida suratga olingan multfilmlarning bosh qahramonlari bo`lmish malikalarning qo`lida tirnoq plastinkalari yo`qligini sezib qoldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Jurnalistlar Zolushka, Uyqudagi malika, Ariel, Mulan va Tianaga e`tibor qaratishdi. Hattoki, studiyaning ilk multfilmi bosh qahramoni hisoblangan Oppoqoyning ham tirnoqlari yo`qligi ma`lum bo`ldi.
Nashrning xabar berishicha, bu narsa qahramonlarning fe`l-atvoridan kelib chiqib emas, balki multfilm yaratish jarayonida sarf-xarajatni kamaytirish maqsadida o`ylab topilgan.
Malikalardagi yuqorida keltirilgan anomaliyadan tashqari, jurnalistlar yana bir faktni payqashdi. Ertak qahramonlarining asosiy qismi onasidan erta ayriladi va aksariyat kiygan libosi ko`k rangda bo`ladi. Ko`k rang personajlarning “kuchli va ishonchli” insonlar ekanligini bo`rttirib ko`rsatish uchun ko`proq ishlatilgan.






