Londonning Kings-Kross vokzalida noma`lum shaxs mashhur adiba Joanna Roulingning “Garri Potter” tetralogiyasida tasvirlangan 9¾ platformasiga tushish uchun devordan o`tishga chirandi. Asarning muhlisi bor kuchi bilan devorga borib urildi-yu, yiqildi, so`ngra o`rnidan turib: “Jin ursin, yopiq ekan-ku!” dedi-da, atrofdagilarga ham qaramasdan qochib ketdi.






