AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi (foto)

'Qoraqalpog`istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi (foto)'ning rasmi

«Zo’r TV» telekanalining «Indigo» loyihasi, «Sport» telekanalining «Record.uz», Qoraqalpog`iston telekanalining «Ayqulaq» («Kamalak») ko`rsatuvlari orqali ko`pchilikka tanilgan, noyob qobiliyat egasi, Qoraqalpog`istonning Taxtako`pir tumanida tavallud topgan Jansuluv Tatlimuratovaning dovrug`i butun dunyoga tarqalmoqda.

9 yashar Jansuluv tabiatan og`ir bosiq, o`z ishiga puxta, aqlli qiz.

photo5445388365592635405.jpg
U sportning badiiy gimnastika turi bilan ikki yarim yoshidan boshlab shug`ullana boshlagan. Jansuluvning harakatlari nozik va go`zal.

Jansuluv hozirgi kunda Taxtako`pir tumanidagi 3-sonli umumta`lim maktabining 4-sinf o`quvchisi. U o`qish bilan birga 17-sonli bolalar musiqa va sa`nat maktabida ustozi Go`zal Shaxievadan turli xalqlarning raqslarini o`rganmoqda.

9 yoshar Jansuluv hozir shogird ham tayyorlab boshladi. U gimnastika sirlarini shogirdi 6 yashar Aydana Pirniyazovaga ham o`rgatmoqda.

photo5445388365592635402.jpg

J.Tatlimuratova «Sport» telekanalining «Record.uz» ko`rsatuvida «Eng egiluvchan plastik qiz» nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan bo`lsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami arafasida «Zo’r TV» telekanali tomonidan qobiliyatli bolalar uchun tashkillashtirilgan «Indigo» sport musobaqasiga ham qatnashib, iste`dodi bilan ko`pchilikni dog`da qoldirdi. Ayniqsa, u temirni 5 daqiqa tishlab turib, jahon rekordini yangiladi, deb yozadi Qoraqalpog`iston axborot agentligi.

photo5445388365592635406.jpg
Kichkina gimnast qizning repertuaridan kichik sandiqdan tasodifan chiqib, nozik va suluv harakatlarini ko`rsatish, havo gimnastikasi, unda havoda turib, murakkab harakatlarni zukkolik bilan ko`rsatish, musiqa sadolari ostida harakatlanib kamonda nishonga o`q otish kabi kompozisiyalar o`rin olgan.

– Ginnesning rekordlar kitobiga xat yo`lladik. Qizimning qobiliyatini jahon arenalarida ko`rsatib, uni shu kitobga kiritsa baxtli ona bo`lgan bo`lar edim, – deydi onasi Gulmira. – Jansuluv ayni paytda Xitoy va Rossiyada o`tkaziladigan tanlovga tayyorgarlik ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar