Andijon viloyat Perinatal markazi bosh shifokori to`rt egiz farzandni dunyoga keltirgan onaning sog`ligi qoniqarli holatdaligi, chaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi.
30 yanvar kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko`l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi egizaklarga Sultonboev Muhammadsodiq, Sultonboev Muhammadsolih, Sultonboev Muhammadishoq va Sultonboev Muhammadsafo ismlari bilan tug`ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg`alar tantanali ravishda topshirildi, deb yozadi «Kun.uz».
Oltinko`l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning ota-onalariga eng kerakli bo`lgan anjomlar va uy-ro`zg`or buyumlarini sovg`a qildi.







