So`nggi kunlarda ob-havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan, Toshkent shahar Hokimligi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimlarida aniq yashash manzili bo`lmagan fuqarolarga isinib, birinchi tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo`lish uchun o`rinlar ajratildi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra 2018 yilning 30-yanvar kuni ichki ishlar idoralari tomonidan o`tkazilgan tadbirlar davomida tibbiyot muassasalariga 20 dan ortiq aniq yashash manzili bo`lmagan fuqarolar olib borib joylashtirildi.
Aniq yashash manzili bo`lmagan fuqarolarga quyidagi shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimlarida ularni isinib, birinchi tibbiy yordam olishlari uchun joylar ajratilgan bo`lib, ularni ushbu manzillarga joylashtirishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.
-Bektemir tumanidagi shahar 6-sonli klinik shifoxonasi;
-Mirobod tumanidagi shahar 3-sonli klinik shifoxonasi;
-Sergeli tumanidagi shahar teri-tanosil dispanseri;
-M.Ulug`bek tumanidagi shahar 5-sonli klinik shifoxonasi;
-Olmazor tumanidagi shahar 1-sonli sil kasalliklari klinik shifoxonasi;
-Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi;
-Shayxontoxur tumanidagi shahar 1-sonli klinik shifoxonasi;
-Yashnabod tumanidagi shahar 4-sonli klinik shifoxonasi;
-Yakkasaroy tumanidagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi stasionar qismi;
-Yunusobod tumanidagi shahar 7-sonli klinik shifoxonasi.








