AsosiySport

5:1. «Nasaf» OChLga yo`llanmani shunday nishonladi (video)

'5:1. «Nasaf» OChLga yo`llanmani shunday nishonladi (video)'ning rasmi

Osiyo chempionlar ligasi saralash pley-offi doirasidagi uchrashuvlardan birida «Nasaf» Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida Igor Golban, ikkinchi bo`limda Bobur Abduxoliqov, Azizjon G`aniev, Dragan Cheran o`z nomlarini tabloga yozdirishdi, yana bir golni mehmonlar himoyachisi Yosir al-Ravashdeh «Nasaf» uchun urib berdi, bu gollarga raqib so`nggi soniyalarda bitta gol bilan javob qaytardi. Natijada «Nasaf» Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi, deya xabar berdi Tribuna.uz.

Endi «Nasaf» OChLning «C» guruhida BAAning «Al-Vasl», Qatarning «As-Sadd» hamda Eronning «Persipolis» klublariga qarshi kurash olib boradi.

OChL. Saralash pley-off bosqichi
«Nasaf» (O`zbekiston) - «Al-Faysaliy» (Iordaniya) 5:1 (1:0)
Gollar:
Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G`aniev (52), Dragan Cheran (61, penalti), Yosir al-Ravashdeh (88, avtogol) - Alban Meha (90+4).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Sharof Muhitdinov, Odiljon Hamrobekov (Sanjar Rashidov, 80), Azizjon G`aniev (G`olib G`aybullaev, 76), Islom Kenjaboev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullaev, 70), Bobur Abduxoliqov.

«Al-Faysaliy»: Abulayla Yazid, Ahmad Yusuf (Mahdi Alamih, 77), Uday Zahran, Xalil Beniatiya, Salim al-Ajaylin, Bani Yosin, Yosir ar-Ravashdeh, Dominik Mendi (Ahmad Navof, 84), Mahmud Almardiy, Alban Meha, Lukash Gikievich.

Boshqa yangiliklar