AsosiyDunyo

Braziliyadagi tungi klublardan birida 14 kishi o`qqa tutildi

'Braziliyadagi tungi klublardan birida 14 kishi o`qqa tutildi'ning rasmi

Braziliyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Fortaleza shahrida joylashgan tungi klublardan biriga bostirib kirgan noma`lum shaxslar odamlarga qarata o`q uzishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Klubga tongga yaqin, odamlar kam qolgan vaqtda hujum uyushtirildi. O`t ochgan noma`lum shaxslar giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug`ullanuvchi mahalliy jinoyatchi guruhlardan birining a`zolari ekanligi taxmin qilinmoqda. Ular voqea joyiga uchta mashinada kelishgan. Hozircha jinoyat sabablari aniq emas. Jinoyatchilardan birortasi qo`lga olinmagan.

    Boshqa yangiliklar