27 yanvarda Qobulda sodir etilgan teraktda 95 kishi qurbon bo`ldi, 150 dan ortiq odam yaralandi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Fransiya poytaxti meri Ann Idalgo o`zining Tvitter sahifasida mazkur terakt qurbonlari xotirasi uchun Eyfel minorasi chiroqlari o`chirilishini ma`lum qildi.
“Parij, parijliklar afg`on xalqiga hamdardlik bildiradi”, deb yozdi u. Merning ma`lum qilishicha, minora chiroqlari tunggi soat 02:00 da o`chiriladi.






