Qozog`iston respublikasi Oliy sudining raisi Jakip Asanov mamlakatda virtual sudni tashkil etish haqida topshiriq berdi, deb xabar qildi lenta.ru nashri.
«Sun`iy aql-idrok moda ortidan quvish degani emas. Tasavvur qiling, kompyuter lahzalar ichida barcha sud amaliyotlarini tekshirib, tahlil qilib kerakli tavsiyalarni beradi. Biz shunday qilishimiz kerakki, har bir sudya IT texnologiyalaridan unumli foydalansin. Hozircha bizga bu narsa fantastika bo`lib tuyulishi mumkin, biroq kelgusi 2-3 yil mobaynida barcha ishtirokchilarni sud zalidagi jarayonda ishtirok etish uchun yig`adigan virtual sudlar tashkil etiladi. Sudda ishtirok etishi lozim bo`lgan har bir odam xoh uyda bo`lsin, xoh chet elda bemalol sud jarayonida qatnashaveradi. Bu vazifani amalga oshirsak, ortiqcha qog`ozbozlikka ham chek qo`yiladi.”, dedi Qozog`iston respublikasi Oliy sudining raisi Jakip Asanov.






