Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq AQSh prezidenti Barak Obamaning qora tanli musulmon radikallari etkachisi Luis Farrax Xon bilan tushgan surati paydo bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mazkur surat bundan 13 yil ilgari, Barak Obama Illinoys shtati senatori bo`lgan vaqtda fotosuratchi Askiya Muhammad tomonidan suratga olingan. O`sha paytlarda jurnalistlar uning mavqeiga putur etkazmaslik uchun bu suratni chop etishmagan.
Luis Farrax Xon — amerikalik jamoat arbobi, “Islom davlati” radikal tashkilotining rahbari hisoblanadi. U bir necha marotaba irqchilik va antisemitizmda ayblangan. Luis Farrax Xon har doim Obamani qo`llab-quvvatlashini aytganiga qaramay, Barak Obama masofa saqlashga harakat qilgan.






