AsosiyDunyo

Olmaotada keskin sovuq tufayli maktablar yopilmoqda

'Olmaotada keskin sovuq tufayli maktablar yopilmoqda'ning rasmi

Keskin sovuq havo tufayli bugun Olmaota maktablarida 1-9 sinf o`quvchilarga dars bekor qilindi. Ertaga, ya`ni 27 yanvarda 10-11 sinf o`quvchilarining ham o`quv mashg`ulotlari bo`lmaydi, deb xabar bermoqda Kazinform.

Shu kunlarda Qozog`istonda o`ta sovuq ob-havo kuzatilmoda. Bugun Olmaota shahrida havo harorati 25 daraja sovuq. Bu ko`rsatkich hafta oxiriga qadar saqlanib qoladi.

Eslatib o`tamiz, kelayotgan 27-29 yanvar kunlari O`zbekistonga ham shimoliy Qozog`iston orqali g`arbiy Sibirda shakllangan o`ta sovuq havo massasi kirib keladi. Me`yordan 7-12 daraja past anomal sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. 28-29 yanvar kunlari havo harorati kechki payt 11-14, kunduzi 2-5, shimoliy mintaqalarda kechki payt 17-20, kunduzi esa 7-10 darajagacha pasayib ketishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar