AsosiyDunyo

Qirg`iziston poytaxtida 15 kishi sovuqdan halok bo`ldi

'Qirg`iziston poytaxtida 15 kishi sovuqdan halok bo`ldi'ning rasmi

«TASS» xabariga ko`ra Qirg`iziston poytaxtida 15 kishi sovuq ob-havo qurboni bo`ldi.

«Bishkekda yanvar oyida qahraton tufayli 15 kishi, asosan muqim yashash joyi bo`lmagan odamlar hayotdan ko`z yumdi. O`tgan haftada 293 nafar shunday shaxs aniqlandi. Reydlardan so`ng ular ijtimoiy boshpanalarga yuborilmoqda», — deyiladi shahar IIB xabarida.

Meteorologlarga ko`ra, Qirg`izistonda anomal sovuq ob-havo yanvar oxirigacha saqlanib qoladi. Bishkekda harorat 15 daraja sovuqni tashkil etdi, tog`li hududlarda yaqin orada 45 darajagacha sovuq kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar