AsosiyJamiyat

Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi

Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv va yo`l harakati qoidalari buzilishlarini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi. Bu haqda payshanba kuni bo`lib o`tgan brifingda poytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo`limi boshlig`i podpolkovnik Shuhrat Murodov ma`lum qildi. 2018−2020 yillarga mo`ljallangan dasturda kameralar bilan ta`minlangan chorrahalar qamrovini kengaytirish ko`zda tutilgan.

Ayni paytda kameralar faqatgina svetoforning qizil chirog`idan o`tish va tezlikni me`yoridan oshirishni qayd etmoqda. Shuhrat Murodovning so`zlariga ko`ra, yaqin vaqtlarda boshqa qoidabuzarliklarni ham qayd etishni yo`lga qo`yish mo`ljallanayotgani yo`q.

Qoidabuzarliklarni qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi 2017 yil 15 mart oyidan buyon Toshkentdagi 115 ta chorrahada ishlab kelmoqda. Birinchi kunlarda 8000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan bo`lsa, ayni damda ular soni haftasiga 2000 tadan kamroqni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar