14 aprel kuni poytaxtimizning “Farg`ona yo`li” ko`chasida 26- va 13-tramvay o`zaro to`qnashib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan birining ma`lumotlariga tayanib uz24.uz xabar beradi.
Xabarda yozilishicha, katta tezlikda kelayotgan 13-tramvay 26-tramvayga urilgan, buning oqibatida tramvay o`n metr nariga surilib ketgan. Itarilish oqibatida birinchi va ikkinchi eshik oralig`idagi tramvay poli taxminan 40 santimetrgacha ko`tarilgan.
Guruh a`zolarining so`zlariga ko`ra, jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.





