AsosiyJamiyat

To`lov shartnomasini to`lolmagan talaba qo`shmachilikka qo`l urdi

Qozog`istonning oliy o`quv yurtlaridan birida to`lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Gulmira qachondan buyon to`lov shartnomasini qanday to`lashni bilmayotgan edi.

U onasinikida yashab, yozgi ta`til davrida buvisinikiga, ya`ni O`zbekistonning Chirchiq shahriga kelib ketardi. Gulmiraning tarbiyasi bilan buvisi shug`ullangan. Sababi ajralgandan so`ng uning onasi Qozog`istonga ko`chib ketgan va u erda biznes bilan shug`ullangan. Ona mehrining o`rnini qoplash uchun Adelya Rustamova qizidan hech narsani ayamadi. Uni qimmatbaho kiyimlar kiyintirib katta qilgan. Gulmira Chirchiqdagi kollejni tugatganidan so`ng, onasi unga Qozog`istondagi OO`Yuga kirishni maslahat berib, to`lov-shartnomasini to`lashni o`z zimmasiga olgan. Ammo, ona va qiz munosabatlari yomonlashib borib, navbatdagi janjaldan so`ng Adelya Rustamova Gulmiraning o`qishi uchun pul to`lashdan bosh tortgan. Hammasi shundan boshlandi. 

Gulmira mo`may daromad olish yo`lini topdi. Anton ismli o`rtog`iga qo`ng`iroq qilib, Qozog`istonda onasining kafesida ofisiantka bo`lib ishlashga rozi qizlarni topishni iltimos qildi. Anton Sabina va Madina ismli qizlarni topdi, Madinani ko`rib, Gulmira gavda tuzilishi to`g`ri kelmasligi bahonasiga unga rad javobini berdi. Sabina bilan Gulmira uzoq suhbat qurdi. Sabina nima shug`ullanishi lozimligi va bu uchun qancha maosh olishini tushuntirib berdi. Nochorligidan, ikki nafar go`dagini boqish uchun Sabina shartlarga rozi bo`ldi. Belgilangan kunda Gulmira va Sabina kelishilgan joyda uchrashishdi. Qizlar ularni kutib turgan taksiga o`tirib, “G`isht-ko`prik” bojxona postigacha etib borishdi. Hujjatlar tekshirilganda, Sabinaning pasportida propiska haqidagi yozuv yo`qligi aniqlandi. 

Qo`shni respublikaga nima maqsadda borayotganligi so`ralganda, Sabina o`zini yo`qotib, Gulmiraga qaray boshladi. Gulmira esa kutilmaganda uni tanimasligini aytdi. Oxir oqibatda Sabina bor-yo`g`ini aytib berdi. Qaerga borayotganligi, bu uchun uni kim rozi qilganligi, bir oyda qancha maosh va`da qilganliklarini bayon etdi. Podrobno nashrining “Postda” gazetasiga tayanib xabar berishicha, Gulmiraga nisbatan qo`zg`atilgan jinoiy ish Zangiota tumani IIBda ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar