11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Yig`ilishda mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a`zolari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig`ilish tafsilotlari hozircha ma`lum qilinmadi.
12.01.2018 09:14
Prezident tashqi siyosat masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi






