AsosiyDunyo

2017 YILNING ENG DAROMADLI VALYuTASI MOZAMBIK METIKALI, O`ZBEK SO`MI ESA ENG PAST KO`RSATKIChGA EGA DEB TOPILDI

'2017 YILNING ENG DAROMADLI VALYuTASI MOZAMBIK METIKALI, O`ZBEK SO`MI ESA ENG PAST KO`RSATKIChGA EGA DEB TOPILDI'ning rasmi

2017 yilning eng daromadli valyutasi Mozambik metikali bo`ldi: uning kursi AQSh dollariga nisbatan 21 foizga o`sdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Keyingi o`rinlarni Chexiya kronasi va Polsha zlotiysi (18 foiz o`sish) egalladi. Valyutalar orasida eng yomon ko`rsatkich 60 foiz arzonlagan o`zbek so`miga tegishli.

O`tayotgan yilda maksimal daromadni baribir kriptovalyutalar egalari qo`lga kiritdi. Jumladan, bitkoin 1500 foiz o`sishni ko`rsatdi.

Xom ashyo aktivlari orasida kursi 54 foizga oshgan palladiyga teng keladigani topilmadi. Mis va alyuminiy 29 foizga o`sdi. Yil yakunlari bo`yicha 27,5 foizga pastlagan tabiiy gaz egalariga eng ko`p zarar keltirdi.

Qimmatli qog`ozlar orasida eng katta o`sish Gresiya (60 foiz atrofida), Beliz (38,7 foiz) va Argentina (30 foiz) davlat obligasiyalarida kuzatildi. 55 foiz qadrini yo`qotgan Venesuela qimmatli qog`ozlari bu ro`yxatning quyi qismidan joy oldi.

    Boshqa yangiliklar