AQShlik olim, professor, mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha mutaxassis Robert Farli The National Interest nashri sahifalarida 2018 yilda uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin bo`lgan besh mintaqani sanab o`tdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur ro`yxatning birinchi o`rnini Shimoliy Koreya egalladi.
«Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatlari va Tramp ma`muriyatining diplomatiya borasidagi tajribasizligi o`ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda», — deb ta`kidladi professor.
Yirik mojaro kelib chiqishi mumkin bo`lgan ikkinchi mintaqa sifatida Tayvan ko`rsatib o`tilgan. Yaqinda Xitoy diplomati Li Keksin orolga AQSh harbiy kemalari kelib to`xtagan kuni Pekin harbiy kuch bilan «Tayvanni birlashtirishi»ni ma`lum qildi.
Shundan so`ng ro`yxatdan Ukraina va NATOning janubiy qanoti, jumladan, Turkiya o`rin oldi.
«Farli beshligi»ni Fors ko`rfazi yakunlab berdi. Professor Saudiya Arabistoni va Eron o`rtasidagi ixtilofga e`tibor qaratish lozimligini aytdi.






