AsosiyDunyo

TURKIYaDA 2018 YIL “TROYa YILI” DEB E`LON QILINDI

'TURKIYaDA 2018 YIL “TROYa YILI” DEB E`LON QILINDI'ning rasmi

"Turkiyani madaniyat sohasida jahon brendiga aylantirishga harakat qilamiz va butun dunyoga mashhur Troya bunda yordam beradi", - deb bayonot qildi Turkiya madaniyat va turizm vaziri No`mon Qurtulmush, deya xabar berdi Sputniknews-uz nashri.

Turkiya 2018 yilni Troya yili deb e`lon qildi, ushbu munosabat bilan Turkiya shimoli-g`arbida joylashgan qadimiy Troya va Chanakqal`a shaharlarida tadbirlar o`tkazildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Troya — butunboshli sivilizasiyalar uchun ilhom manbai, asotirlar onasi, Sharq va G`arb uchrashgan va kurashgan hudud, u noyob merosga ega. Bizlarga meros qolgan bu qadim toshlarni nafaqat asrab qolishni, balki jahon muzeyi va turistik markaziga aylantirishni xohlaymiz", — degan Chanakqal`a gubernatori Orxan Tavli.


"Turkiyada neft konlari, tabiiy erosti boyliklari yo`q, lekin madaniyat va tarix sohalarida ulkan boyliklarga ega. Biz g`aroyib jo`g`rofiy mintaqada yashash baxtiga muyassar bo`lganmiz, 24 ta sivilizasiya o`tgan bu erda. Biz bu boyliklarni qadrlashimiz bilan birga, ajdodlarimizdan bizga meros qolgan madaniy boyliklarni avlodlarimiz uchun asrab-avaylash va topshirish uchun mas`uliyatlimiz.

Turkiyani madaniyat sohasida jahon brendiga aylantirishga harakat qilamiz va butun dunyoga mashhur Troya bunda yordam beradi", — deb bayonot qilgan Turkiya madaniyat va turizm vaziri No`mon Qurtulmush.

Vazir avgust oyida ochilishi rejalashtirilayotgan Troya muzeyi Turkiya va jahon madaniyati va turizmi markaziga aylanishiga umid bildirgan.





    Boshqa yangiliklar