AsosiySiyosat

ABDULLA ARIPOV IMOMALI RAHMON BILAN DUShANBEDA UChRAShDI

'ABDULLA ARIPOV IMOMALI RAHMON BILAN DUShANBEDA UChRAShDI'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Prezidentining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi.

O`tkazilgan hukumatlararo komissiyaning yig`ilishida ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlarning o`tkazilishi ikki do`st va qardosh mamlakatlarning o`zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishi yo`lida muhim omil bo`layotgani ta`kidlandi.

Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog`liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta`riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog`lab turuvchi mavjud yo`llarni reabilitasiya qilish, davlat chegaralari bilan bog`liq ko`plab masalalar bo`yicha kelishib olindi.

Tojikiston va O`zbekiston uchun foydali bo`lgan suv va energetika masalasi, sanoat mahsulotlari ko`rgazmalarini tashkil etish, O`zbekiston hamda Tojikiston madaniyat kunlarini tashkil etish borasida qilingan va qilinayotgan ishlar alohida e`tirof etildi.

Boshqa yangiliklar