AsosiyJamiyat

ARZON KO`P QAVATLI UYLARDAN KVARTIRA SOTIB OLIShDAGI FIRIBGARLIKLAR MISh-MIShMI YoKI HAQIQAT?!

'ARZON KO`P QAVATLI UYLARDAN KVARTIRA SOTIB OLIShDAGI FIRIBGARLIKLAR MISh-MIShMI YoKI HAQIQAT?!'ning rasmi

So`nggi paytlarda yangi qurilayotgan uylarni sotib olish jarayonida turli qing`ir yo`llardan foydalanilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Xo`sh, bu gaplar qanchalik asosli yoki asossiz? O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratuasi mazkur masala yuzasidan O`zA muxbiriga ma`lumot berdi.

– Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda ayrim qonunbuzarliklar uchragani bilan bog`liq xabarlarda jon bor, – deydi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Gulnoza Rahimova. – Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylarni taqsimlash jarayonini o`rganishga oid tekshirish o`tkazildi. Bu jarayonda Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ya`ni ish joyi va oylik maoshiga oid hujjatlarda yolg`on ma`lumotlar aks ettirish kabi holatlar aniqlandi.

Jumladan, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiiste`mol qilish holatlariga yo`l qo`yilgan. Tegishli komissiyalar mas`ullari uy-joy ajratish bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqishda zimmasiga yuklatilgan mas`uliyatli vazifani to`laqonli bajarmagan. Mirobod tumanida uy-joy ajratish bilan bog`liq arizalarni ko`rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqishga oid qonun normalari buzilishiga yo`l qo`yilgan.

Ayrim shaxslar fuqarolarga arzon ko`p qavatli uylardan kvartira olib berishni va`da qilib, aldov yo`li bilan pulini olgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar