AsosiyDunyo

YoPPASIGA UYuShTIRILGAN DRONLAR HUJUMI TO`XTATIB QOLINDI

'YoPPASIGA UYuShTIRILGAN DRONLAR HUJUMI TO`XTATIB QOLINDI'ning rasmi

Suriyada, rojdestvo bayrami arafasida, dronlarning yoppasiga uyushtirilgan hujumi to`xtatib qolindi, deb xabar berdi Sputniknews-uz nashri.


Suriyada “Xmeymim” aviabazasiga uyushtirilgan dronlarning ommaviy hujumi to`xtatib qolindi, deb xabar qilgan Rossiya Mudofaa vazirligi.

Harbiy bazaning xavfsizlik xizmati hamda Tartus portida joylashgan Rossiya harbiy-dengiz flotining texnik xizmat ko`rsatish kuchlari 5-6 yanvar tunida dronlarning Rossiya aviabazasiga uyushtirilgan ommaviy hujumini to`xtatib qolishga muvaffaq bo`ldi.

Tun qorong`usida Rossiya havo mudofaasi kuchlari uzoq masofadan Rossiya harbiy ob`ektlariga yaqinlashib kelayotgan 13ta noma`lum kichik jismlarni payqashgan. Noma`lum jismlarda 10tasi “Xmeymim” aviabazasiga yana 3tasi Tartusdagi moddiy-texnik bazasiga yaqinlashib kelayotgani aniqlangan.

Rossiya harbiy kuchlarining radioelektron kurash bo`linmalari ushbu uchuvchisiz apparatlarning 6tasini o`z boshqaruvi ostiga olishga muvaffaq bo`lishgan. Ulardan uchtasini aviazaba tashqarisida qo`ndirilgan, yana uchtasi qo`ndirish vaqti portlab ketgan.

Qolgan 7 ta uchuvchisiz apparatlar harbiy navbatchilikda turgan “Pansr-S” zenit pushkalari yordamida yo`q qilingan. Hujum natijasida Rossiya aviabazasiga hech qanday zarar etkazilmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi o`zining “VKontakte” ijitmoiy tarmog`ida qo`lga olingan apparatlarning fotosuratlarini chop etdi.


Ayni damda mutaxassislar uchuvchisiz apparatlar qaerda, qanday sharoitda yasalganligini, ularda qo`llanilgan navigasiya aspoblari, portlovchi moddalar va detonatorlar tarkibi, ishlab chiqarilgan mamlakati va terrorchilarga etkazib berish kanallari o`rganilmoqda.

Ularning ularning uchirilgan joyi allaqachon aniqlangan, bu bazadan 50 km masofada bo`lgan hududdir.

Dastlabki xulosalarga ko`ra, terrorchilar tomonidan qo`llanilgan muhandislik echimlari, navigasiyasi va masofadan turib boshqarish uslubi, bomba tashlash mexanizmi va boshqalar – yuqori texnik rivojlanish darajasiga ega bo`lgan, faqat bir necha mamlakatga xosdir.


Mudofaa vazirligi xabariga ko`ra, bunday hujumlar 100 km gacha bo`lgan masofadan turib, dunyoning istalgan mamlakatiga qarshi amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bu oxirgi bir necha kun ichida terrorchilar tomonidan Rossiya harbiy bazasiga uyushtirilgan ikkinchi hujumidir. Yangi yil oqshomi "Xmeymim" minmyotdan o`qqa tutilgan va ikki nafar askar qurbon bo`lgani =aida xabar bergan edik.




    Boshqa yangiliklar