Amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri 2020 yilgi saylovda AQSh prezidentligiga nomzodini qo`yishi mumkinligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Iz.ru nashri.
CNN telekanalining xabar berishicha, boshlovchining yaqinlari bir necha oydan beri u bilan saylovda ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Uinfri «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimidagi chiqishida ham bunga shama qilgan. Opra Uinfrining vakili esa mazkur mavzuga izoh berishdan bosh tortdi.
Ma`lumot uchun, Opra Uinfri 2017 yil oxirida AQShdagi «qo`llab-quvvatlanish reytingi»da birinchi uchlikka kirgan edi.






