KXDR etakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi haqida bayonot qildi, deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi.
Kim Chen Inning fikricha, ikki mamlakat yarashuvi - bu koreys millatining ichki masalasi, shu bois, Pxenyan va Seul boshqa davlatlarga yordam so`rab murojaat qilmasligi darkor
"Shimol va Janub o`tmish bilan bog`lanib qolishi kerak emas. O`rtadagi munosabatlarni yaxshilash, Janub va Shimol qo`shilishi masalasida ilg`or qadamlarni qo`yish shart", — deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, bu erda gap Pxenyan va Seul o`rtasidagi munosabatlar normallashuvi haqidagina emas, balki millat yarashuvi va birikishi haqida ham bormoqda.
Ushbu yo`nalishda ikkiyoqlama harakatlar orqaligina natijaga erishish mumkin, deb qayd qilingan bayonotda.






