AsosiyJamiyat

FVV QAMChIQ DOVONI ORQALI VAQTINChA HARAKATLANMASLIKNI TAVSIYa ETMOQDA

'FVV QAMChIQ DOVONI ORQALI VAQTINChA HARAKATLANMASLIKNI TAVSIYa ETMOQDA'ning rasmi

O`zgidromet ma`lumotiga asosan, 11, 12 va 14 yanvar kunlari Qamchiq dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Xabarga ko`ra, shuningdek, tuman tushib ko`rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo`lning muzlashi ham kutilmokda.

"Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etamiz", deyiladi xabarda.

Ma`lumot berilishicha, Qamchiq dovonida bugun soat ob-havo o`zgaruvchan bo`lib, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar