AsosiyDunyo

OYGA QADAM QO`YGAN AMERIKALIK FAZOGIR JON YaNG VAFOT ETDI

'OYGA QADAM QO`YGAN AMERIKALIK FAZOGIR JON YaNG VAFOT ETDI'ning rasmi

Oy yuzasiga qadam qo`ygan amerikalik fazogir Jon Yang 88 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Vesti.ru nashri.

Fazogir Yang ikki bora Oyga uchib, uning yuziga qadam qo`ygan, qolaversa, Jon ilk bor 1981 yili havoga ko`tarilgan “Kolumbiya” shattlining komandiri bo`lgandi. Jon Yang “Apollon”, “Jemini” va “Shattl” dasturlari doirasida olti marta fazo chiqqan ilk odam edi. NASAning hisob-kitobiga ko`ra, faoliyati davomida Yang fazoda taxminan 835 soat bo`lgan.

“Biz fazogir Jon Yangning yo`qotganimizdan chuqur qayg`udamiz”, – deyishdi boshqarmadagilar.

    Boshqa yangiliklar