AsosiyJamiyat

AMUDARYoLIK QIZ – ADABIYoT BO`YIChA XALQARO TANLOV G`OLIBI BO`LDI

'AMUDARYoLIK QIZ – ADABIYoT BO`YIChA XALQARO TANLOV G`OLIBI BO`LDI'ning rasmi

O`zining intiluvchanligi, serqirra qobiliyati bilan tengqurlaridan ajralib turadigan amudaryolik Qunduzoy Yusupova uchun 2017 yil katta yutuqlarga boy bo`ldi. O`zbekiston Pespublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi Qunduzoy Yusupova Yosh shoir va yozuvchilarning IX Xalqaro tanlovida o`z ijodiy ishlari bilan O`zbekiston nomidan ishtirok etib, sovrindor bo`ldi va II darajali Diplom bilan taqdirlandi. Bu haqda "amunews.uz" xabar bermoqda.

Shuningdek, u adabiyot yo`nalishi bo`yicha “Zulfiyaxonim qizlari” ko`rik-tanlovning Qoraqalpog`iston Pespublikasi bosqichi g`olibi, “Yil sardori - 2017” Pespublika ko`rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi sovrindori, “Ma`rifat yulduzlari” Pespublika yosh kitobxonlar ko`rik-tanlovining laureati bo`ldi.

2017 yilda “Turon-iqbol” nashriyotida shoiraning “Kurtak” deb nomlangan uchinchi she`riy to`plami nashrdan chiqdi.

Qunduzoyning kelajakda el-yurtimizga nafi tegadigan malakali kadr bo`lib etishishida uning bu yutuqlari ilk pillapoya bo`lsa ajab emas.

    Boshqa yangiliklar