AsosiyJamiyat

SUVENIR VA O`RALGAN MAHSULOTLARGA O`ZBEKISTON TURISTIK BRENDI HAMDA LOGOTIPI QO`YILADI

'SUVENIR VA O`RALGAN MAHSULOTLARGA O`ZBEKISTON TURISTIK BRENDI HAMDA LOGOTIPI QO`YILADI 'ning rasmi

O`zbekiston respublikasi Davlat turizm qo`mitasi hududlarda mamlakatimizning turistik brendini faollashtirishni ko`zda tutmoqda. Bundan maqsad O`zbekistonning har bir hududini sayyohlik bozorida tanitishdir. Ular yaqin kunlarda turizmni rivojlantirish ko`zda tutilgan barcha hududlarda yaratiladi, deb yozadi, “Kun.uz” nashri.

Uni yaratish jarayoni boshlandi. Ming afsuslar bo`lsinki, u barcha hududlarda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmadi. Ba`zi bir hollarda u yoki bu sabablarga ko`ra tasdiqlangan logotiplarni o`zgartirishga to`g`ri keldi.

Jarayon yangi bosqichining boshlang`ich nuqtasi inventarizasiyadan boshlanadi. Bunda real holat hisobga olinadi. Tahlillar natijasida logotipi bo`lmagan turistik sayohat joylarida ular yangidan yaratiladi, logotipi bo`lgan joylarda esa ularning qabul qilingan yangi talablarga muvofiqligi baholanadi.

O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida O`zbekiston respublikasining yagona turistik va investision brendini tasdiqlash uchun umum respublika tanlovi bo`lib o`tadi.

Regional brendlar logotiplarini yaratishda bir tarafdan yagona stilistika bilan ta`minlanishga e`tibor qaratilsa, boshqa tomondan esa ularning har biri mazkur hududning o`ziga xos bo`lgan turistik jihatlarini, tarixini, madaniyatini va boshqa individual omillarini taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar