«30 dekabr kuni Xo`jand shahrida yashovchi 8 do`st bayramni nishonlash uchun yig`ilishib, palov tayyorlashgan. Biroq palov tanovul qilinganidan so`ng, ular o`zlarini yomon his qilishdi va Xo`jand shahrining 1-raqamli shifoxonasiga olib ketildi», - deya xabar berdi “Kun.uz” nashri.
Manba so`zlariga ko`ra, ularning to`rt nafari hayotdan ko`z yumgan, yana to`rt nafari shifoxonada qolmoqda.
«Hozircha tergov davom etmoqda hamda zaharlanish sabablari aniqlashtirilmoqda», - deya qo`shimcha qilib o`tgan manba.






