«O`zgidromet»ning ma`lumotlariga ko`ra 4—5 yanvar kunlari O`zbekiston hududiga Kavkazdan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVVning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg`ir, qor yog`ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.
«Qamchiq» dovoni hududida esa havo o`zgarib turadi, vaqt-vaqti bilan qor yog`adi. Havo harorati 3—8 darajagacha pasayadi, kunduzi esa 0—5 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda. G`arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha metrgacha kuchayishi mumkin.






