Samarqand shahriga kirishdagi “Shtab” maskani, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari chegarasidagi “Loyish” maskani, Pastdarg`om tumaniga kirishdagi “Charxin” maskani va Narpay tumanidagi “Mirbozor” yo`l-patrul maskanlari olib tashlandi, deb xabar beradi O`zA.
Yo`llarda qatnov tig`iz bo`lgan paytlarda tirbandliklar yuzaga keladigan yo`l-patrul xizmati maskanlaridan bugun transport vositalari erkin harakatlanmoqda.
Shuningdek, Farg`ona viloyatida 8 ta yo`l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko`rilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Prezident Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar chegarasidagi barcha yo`l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati stasionar postlari sonini keskin kamaytirish bo`yicha topshiriq bergandi.






