2017 yilning 29 dekabr kuni Atom energiyasi bo`yicha “Rosatom” davlat korporasiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev rahbarligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Rossiya delegasiyasi Toshkent shahrida avvalgi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazadi.
Eslatib o`tamiz,Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning noyabr oyida O`zbekistonga tashrifi doirasida "Rosatom" davlat korporasiyasi va O`zbekiston Fanlar akademiyasi o`rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum imzolangandi.
Shuningdek, "Atomenergomash" kompaniyasining (Rosatom tarkibiga kiradi) xalqaro faoliyat bo`yicha direktori Roman Murashov “Rosatom” O`zbekistonga mini-GESlar etkazib berish imkoniyatlarini ishlab chiqayotganligini bildirgandi.






