Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar N.Nuritdinova va M.Mirzamaxmudovalar bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatmasdan turib, tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirishayotganida to`xtatib qolindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, N.Nuritdinova qiymati taxminan 100 million so`mdan ortiq bo`lgan 465 gramm og`irlikdagi, M.Mirzamaxmudova taxminan 45 million so`mdan ortiq qiymatdagi 208 gramm og`irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirmoqchi bo`lgan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati Axborot xizmati.
2017 yilning o`tgan davrida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 114 ta bojxona qoidabuzarliki natijasida qiymati 2 milliard 234 million so`mdan ortiq salkam 37 kilogramm og`irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yilgan. 






