AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir xalqaro pul o`tkazma faoliyatini to`xtatadi

1 apreldan O`zbekistonda “Zolotaya Korona” xalqaro pul o`tkazmalari tizimi o`z faoliyatini to`xtatadi. Bu haqda Asia Alliance Bank, Ipoteka-bank hamda Invest Finance bankka aoslanib, Anhor.uz nashri xabar berdi.

Banklarning ma`lum qilishlaricha, 27 mart “Zolotaya Korona” orqali yuborilgan mablag`larni qabul qilib olish uchun so`nggi kun bo`lgan. Hozircha ushbu holat vaqtinchalik deya aytilmoqda.

Tizimning O`zbekistonda ishlamay qolishiga normativ hujjatlar bilan bog`liq bo`lgan texnik nosozliklar sabab bo`lgan. Tizim vakillari esa ushbu holatni izohlashdan bosh tortgan. 

    Boshqa yangiliklar