AsosiyJamiyat

MAST HOLATDA MAShINANI BOShQARGANLAR SURATI TOShKENT ShAHAR IIB SAYTIGA JOYLAShTIRILADI

'MAST HOLATDA MAShINANI BOShQARGANLAR SURATI TOShKENT ShAHAR IIB SAYTIGA JOYLAShTIRILADI'ning rasmi

Poytaxtda spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda mashina boshqarishga qarshi kurashishning yangi usuli amalgatatbiq etildi.

Endilikda yo`l harakati xavfsizligi inspektorlari tomonidan mast holatda transport vositasini boshqargani aniqlangan fuqarolar fotosurati Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytiga joylashtirib boriladi.

2017 yilning 17 dekabr kuni spirtli ichimlik iste`mol qilgani aniqlangan 27 fuqarodan o`n nafarining shaxsiy hamda avtomashinasi fotosuratlari poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy elektron resursiga joylashtirilgan.

Inspektorlar tomonidan 17 dekabr kuni jami 3982 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo`lib, 69 holatda transport vositalari jarima maydonchasiga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar