Ovqatlanishga qiynalayotgan bemor yo`lovchiga yordam bergani minnatdorchiliklarga sabab bo`ldi.
Xitoyning yo`lovchi tashiydigan samolyoti bortiga chiqqan, insult tufayli tanasining bir tarafi falaj bo`lib qolgan yo`lovchi erkakka oldingi qatordan kengroq joy ajratildi. Bemor erkak rafiqasi bilan ekonom-klassda uchayotgan edi, uning ayoliga qo`shni o`rindiqdan joy berishning iloji bo`lmaganligi bois ular alohida-alohida o`tirishga majbur bo`lishdi. Tushlik tarqatilganda, bemor erkakning qoshiqni bazo`r ko`tarib, ovqat eyishga harakat qilayotganini ko`rgan styuardessa unga o`z yordamini taklif qildi. Styuardessa cho`kkalab o`tirgancha, erkakni ovqatlantirishga kirishdi. Uning bu ishi yo`lovchilarning minnatdorchiligiga sabab bo`ldi, erkakning o`zi esa ko`z yoshlarini tiya olmadi.






