AsosiySUG'DIYONA

Yangi yilga tayyorgarlik!

'Yangi yilga tayyorgarlik!'ning rasmi

Yangi yil oqshomida yanada chiroyli va yosh ko`rinishni istaysizmi? Unda ushbu muolajalar bilan bayramgacha yuzlaringizni albatta parvarishlang!

  • Bayram oqshomida chehramiz sog`lom ko`rinishi uchun uy sharoitida krem tayyorlab, undan foydalaning. Bitta tuxum sarig`ini ko`pirtirib, 2 osh qoshiq o`simlik yoki zaytun yog`i va 1 osh qoshiq limon suvini qo`shing. Alohida idishda buraga (dorixonalardan so`rang) 1 osh qoshiq qaynoq suv qo`shing. So`ngra barchasini aralashtirib, uxlashdan oldin yuzingizga yupqa qilib surting. Ertalab yuvasiz. Kremni muzlatkichda asrash mumkin.
  • Yuzlar tiniqlashishi uchun skrablardan foydalanish mumkin. Pilingni haftada 2 marta qilish mumkin.
  • Yog`li yuzlar uchun qahvali piling: 2 osh yanchilgan tabiiy qahvani 2 osh qoshiqdan smetana vao`simlik yog`i bilan aralashtirib, yuzingizga surtib, aylana harakatlar bilan uqalang. 2 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.
  • Quruq va ta`sirchan yuzlar uchun asalli piling: asalni yuzingizga surtib, uqalang. Va darrov artib tashlang. 5-7 daqiqadan so`ng suv bilan yuving.
  • Mayda ajinlar chekinib, yuzlar taranglashishi uchun esa olmali niqob sizga asqotadi. Kichikroq olma va nokni archib, qirg`ichdan o`tkazing. 1-2 osh qoshiq qatiq qo`shing. 15-20 daqiqaga yuz va bo`yningizga surtib, xona haroratidagi suv bilan yuving. Keyin krem surtish mumkin.
  • Pigment dog`lar ko`zga tashlanmasligini istasangiz, ushbu tonik sizga yordam beradi. 1 ta limon sharbatiga 1 osh qoshiq olma sirkasi va shuncha miqdorda spirt, 2 osh qoshiq 3 foizli vodorod peroksidi qo`shing-da, ushbu aralashma bilan namlangan paxtani har kuni 5-10 daqiqa dog`lar ustiga bosib turing. Ertalab, tush payti va kechqurun muolajani amalga oshiring. Tonikni muzlatkichda yopiq idishda saqlash mumkin.

Boshqa yangiliklar