AsosiyJamiyat

2018 YIL 1 YaNVARDAN RAHBARLAR FAOLIYaTINI BAHOLAShDA 100 BALLIK TIZIM JORIY ETILADI

'2018 YIL 1 YaNVARDAN RAHBARLAR FAOLIYaTINI BAHOLAShDA 100 BALLIK TIZIM JORIY ETILADI'ning rasmi

2018 yil 1 yanvardan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholashning yangi mezoni amalga tatbiq etiladi. Bunda baholash ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, rasmiy statistik hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo`yicha ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.

Rasmiy statistik ma`lumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi sohasi, kommunal xo`jaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi ko`rsatkichlarni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga muvofiq shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha tashkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko`tarilgan muammolarni echish bo`yicha ko`rilayotgan choralarning samaradorligi ko`rsatkichlarini o`z ichiga oladi.

Tizimdagi mezon-indikatorlarni baholash bo`yicha maksimal ko`rsatkich 100 ballni tashkil etadi.

Bunda rasmiy statistik ma`lumotlar bo`yicha maksimal 80 ball, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo`yicha maksimal 20 ball bilan baholanadi.

Hisobot davri sifatida har chorak olinadi va chorak yakuni bo`yicha yagona ko`rsatkichning o`zgarish dinamikasi orqali tegishli hududdagi rahbarning faoliyatiga asoslangan baho beriladi.

Baholash natijalari o`rnak ko`rsatgan sektorlar rahbarlari va davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag`batlantirish yoki yo`l qo`yilgan jiddiy kamchiliklari uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan jazo choralarining qo`llanilishida foydalanilishi mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 dekabrdagi «Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash mezonlarini joriy etish to`g`risida»gi qarori bilan tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar