1948 yil 9 iyulda San Fransisko shahrida (AQSh) imzolangan Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to`g`risidagi 87-Konvensiyasi 2017 yilning 12 dekabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabar berdi.
O`zbekistonning ushbu Konventsiyaga qo`shilishi 1948 yildagi Inson huquqlari bo`yicha umumjahon deklarasiyasida o`z ifodasini topgan, har bir insonning uyushmalarga birlashish huquqini kafolotlovchi va inson huquqlarini himoya qiluvchi umume`tirof etilgan me`yorlarga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining fundamental konvensiyalariga mamlakatimiz sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Hujjat ilg`or xalqaro tajriba asosida kasaba uyushmalarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi, deyiladi xabarda.






