AsosiyJamiyat

PREZIDENT FARMONI: ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDA DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI TAShKIL ETILDI

'PREZIDENT FARMONI: ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDA DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI TAShKIL ETILDI'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 2017 yil 12 dekabr kuni "Aholiga davlat xizmatlari ko`rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmonga imzo chekdi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri yozmoqda.

Hujjatning to`liq matni markaziy OAVlarda e`lon qilindi.

Farmonga ko`ra, 38 ta shtat birligi soniga ega Adliya vazirligining Davlat xizmatlari ko`rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo`limlari hamda Tadbirkorlik sub`ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlari negizida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi.

2018 yil 1 yanvardan Tadbirkorlik sub`ektlariga “yagona darcha” tamoyili, bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi.

    Boshqa yangiliklar