AsosiyDunyo

PREZIDENTLIKKA DA`VOGAR KSENIYa SOBChAK EFIRDA ODDIY SAVOLGA JAVOB BERA OLMADI

'PREZIDENTLIKKA DA`VOGAR KSENIYa SOBChAK EFIRDA ODDIY SAVOLGA JAVOB BERA OLMADI 'ning rasmi

“Xalq so`zi” nashrining yozishicha, 2018 yilning mart oyida Rossiya Federasiyasida o`tkaziladigan Prezidentlik saylovida nomzodini ilgari surayotgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak efir vaqtida oddiy savolga javob qaytarolmay, mulzam bo`lib qoldi.

“Birinchi kanal”da efirga uzatiladigan “Vremya pokajet” (“Vaqt ko`rsatadi”) nomli teledasturga mehmon sifatida chaqirilgan K. Sobchak rossiyaliklar uchun to`lanadigan pensiya va yordam pullari kamligi haqida so`z yuritgan.

Shunda boshlovchi undan hozir metroning yo`lkirasi qanchaligini so`raydi.

Prezidentlikka nomzod javob berish o`rniga boshlovchidan boshqa savoli bo`lsa berishini iltimos qilgan. Va oldinroq shunga o`xshash, ya`ni nonning qancha turishi haqidagi savolga javob berganini aytadi.

    Boshqa yangiliklar