Dubaydagi auksionda yangi “AA” kodli avtomobil raqamlarining birinchi partiyasi sotildi. Ushbu partiyadan 10 ta raqam 12,3 mln dirhamga (3,4 mln dollar)sotildi.
Yo`llar va transport boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan joriy yildagi oxirgi ochiq auksion yangi dizaynga ega raqamlar ishlab chiqarilishi boshlanishini anglatadi.
Eng qimmat sotilgan raqam AA10 bo`ldi, u 3,12 mln dirhamga (844 ming dollar) sotib olindi.
Ushbu 10 ta raqam keyingi 12 oy uchun “AA” seriyasidagi yagona avtomobil raqamlari bo`ladi.
AA10 raqamini dubaylik tadbirkor Majid Mustafo xarid qilgan. AA12 va AA50 raqamlari mos ravishda 2,72 mln dirham (740 ming dollar) va 1,84 mln dirhamga (500 ming dollar) o`z egalarini topib ketgan.





