AsosiyJamiyat

TOShKENTDAGI RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN ShAXSLARNI UShLAShDA XIZMAT QILGAN IChKI IShLAR IDORALARI XODIMLARI MODDIY RAG`BATLANTIRILDI

'TOShKENTDAGI RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN ShAXSLARNI UShLAShDA XIZMAT QILGAN IChKI IShLAR IDORALARI XODIMLARI MODDIY RAG`BATLANTIRILDI'ning rasmi

2017 yilning 20 noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan 3 nafar xavfli jinoyatchini ushlashda hamda boshqa yirik jinoyatlarni fosh etishda jonbozlik ko`rsatgan ichki ishlar idoralari xodimlari 1 mln hamda 500 ming so`m pul mukofotlari bilan rag`batlantirildi. 9 dekabr kuni poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida ularni mukofotlash tadbiri bo`lib o`tdi.

Rag`batlantirilganlar orasida Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati brigada boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Murodilla Aliqoriev ham bor.

—Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan 3 nafar bemor qochib ketgani haqda tezkor xabar olganimizdan so`ng, boshqarma boshlig`i tomonidan ko`rsatmalar berildi va unga shaxsiy tarkib yo`naltirildi. Voqea sodir bo`lgan vaqtdan 4 soat o`tib, qochib ketganlarning 2 nafari “Olmazor” metro bekatida ushlandi. Uchinchi shaxsni qidiruv ishlari kechayu kunduz davom ettirildi. U ham qidiruvning ertasi kuni Chilonzor tumanidagi savdo markazlari atrofida qo`lga olindi. Xavfli jinoyatchini ushlash jarayonida u qochishga urindi va yonida bo`lgan pichog`i bilan menga tashlandi, oqibatda tan jarohati oldim. Shunga qaramay, uni qurolsizlantirib, qo`lga olishga erishdik.


    Boshqa yangiliklar