2017 yilning 11 oyi davomida Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari tomonidan 957 ta, dekabr oyi davomida 19 ta jinoyat fosh etildi. Bu haqda shahar IBBB matbuot xizmati rahbari Azizjon Teshaboev 9 dekabr kuni bo`lib o`tgan matbuot brifingida ma`lum qildi.
Jinoyatlarning 520 tasi o`g`irlik, 224 tasi firibgarlik, 20 tasi og`ir tan jarohati etkazish, 21 tasi qotillik, 34 tasi bosqinchilik, 50 tasi talonchilik, 24 tasi bezorilik, 18 tasi avtomashinalarni olib qochish va 46 tasi boshqa jinoyatlardir.
Azizjon Teshaboevning qayd etishicha, bugungi kunda poytaxt shahar hududida jinoyatlar soni shu yilning 11 oyi mobaynida o`tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamayishiga erishilgan.
"Toshkent shahri hududida joriy yilning 11 oyida qayd etilgan jinoyatlar 12 ming 302 tani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 181 taga, ya`ni 15 foizga kamayganligini (2016 yil 11 oyida 14 ming 483 ta qayd etilgan) alohida ta`kidlab o`tish joiz. 2016 yilning 9 oyi davomida jami 331 ta, noyabr oyining o`zida 331 ta firibgarlik jinoyati qayd etilgan bo`lib, joriy yilning noyabr oyida 158 ta firibgarlik ro`yxatga olingan. Bu turdagi jinoyat ikki barobar, ya`ni 173 taga kamayishiga erishilgan. Bundan tashqari, yil boshidan 1 ming 956 nafar, oy davomida 36 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi"- dedi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rahbari.






