AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON FUQAROLARI O`Z MAMLAKATIDA ANIQ MUTAXASSILIK BO`YIChA TAYYoRLANIB, TIBBIY KO`RIKDAN O`TKAZILIB ROSSIYaGA IShGA YuBORILADI

'O`ZBEKISTON FUQAROLARI O`Z MAMLAKATIDA ANIQ MUTAXASSILIK BO`YIChA TAYYoRLANIB, TIBBIY KO`RIKDAN O`TKAZILIB ROSSIYaGA IShGA YuBORILADI'ning rasmi

Rossiyada esa ularning mehnat, dam olish va ijtimoiy huquqlari kafotlatlanadi.

Mehnat migrantlariga Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida, bir qator huquqlar kafolatlanadi. Ular orasida Rossiya qonunlariga ko`ra mehnat qilish, dam olish, tibbiy sug`urta, ijtimoiy huquqlar va nafaqa olish huquqi bor.

Qonunda ish beruvchi mehnat migrantlariga eng kam ish haqqidan kam bo`lmagan miqdorda maosh to`lashi, turar joy bilan ta`minlashi, alohida hollarda kelish-ketish xarajatlarini qoplashi ham nazarda tutilgan.

Ish beruvchi mehnat migranti bilan imzolangan shartnomaning bekor qilinishi haqida Rossiyaning taaluqli organlari hamda O`zbekiston Tashqi Mehnat migrasiyasi agentligiga xabar berishi kerak.

    Boshqa yangiliklar