AsosiySalomatlik

“SO`LAK AJRALIShI KO`PAYGAN...”

'“SO`LAK AJRALIShI KO`PAYGAN...”'ning rasmi

— Turmush o`rtog`im 45 yoshda. Bir necha haftadan buyon so`lak ajralishi ko`payganidan shikoyat qiladi. Hatto tunlari ham yostiq jilda namlanib qolayapti. Nega shunday bo`layotganini tushunolmayapsiz, siz nima deysiz? Bunday vaziyatda qaysi mutaxassisga uchrashish lozim?

Nigora Abdullaeva, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— So`lak ajralishining ko`payishi tibbiyotda gipersalivasiya, deyiladi. U og`iz bo`lishig`i yallig`lanish jarayonlari, stomatit, gingvit va turli xarakterdagi yaralarda yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, oshqozon ichak tizimi kasalliklari (gastrit, kolit, me`da yarasi), asab buzilishlari, insult asoratlari sifatida kuzatilishi ham qayd etiladi. Turmush o`rtog`ingiz tibbiy ko`rikdan o`tishi hamda bir qancha tahlillarni topshirishi zarur. Organizmdagi mavjud bezovtaliklar bartaraf etilgach, og`iz bo`shlig`ining me`yoriy muhiti tiklanadi.

    Boshqa yangiliklar