AsosiySavol-javob

«XODIMGA ETKAZILGAN ZARAR KIMNING VIJDONIGA HAVOLA?..»

'«XODIMGA  ETKAZILGAN ZARAR KIMNING VIJDONIGA HAVOLA?..»'ning rasmi

Shu yilning 27 sentyabr kuni tungi navbatchilikka kelayotganimizda avtobusimiz avtohalokatga uchradi. Men oyog`imdan og`ir tan jarohati oldim. Miyam ham chayqalgan. Ish joyimdan avval 3 mln. keyin 390 ming so`m miqdorida moddiy yordam ajratishdi. Biroq tibbiy ko`rikdan o`tganimda jarohatim og`ir darajada ekanligi va muntazam davolanishim talab qilinishi ma`lum bo`ldi. Tez-tez tobim bo`lmayotgani uchun hozir ham davolanayapman. Etkazilgan zarar uchun kompensasiya so`rab, korxona direktori, kasaba uyushmasiga murojaat qildim, bari jim. Yo`qotilgan sog`ligimni kim qaytaradi?

Go`zal Ibatova, Qarshi shahri

Xodimning mehnat faoliyati vaqti mayib bo`lishi, kasb kasalligiga chalanishi yoki o`z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda sog`ligining boshqa tarzda shikastlanishi sababli etkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan to`liq hajmda qoplanishi shart. Xodimning ish beruvchining hududida va uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo`lishi, shuningdek, ish beruvchi tomonidan ajratilgan trasportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida etkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar hisoblanadi. Ish beruvchi tomonidan sizga etkazilgan zarar (tibbiy xulosalar asosida) to`liq qoplanmagan taqdirda korxona joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga etkazilgan zararni undirish haqida da`vo talabi bilan murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar