AsosiyJamiyat

«2018- Yil Yoshlarni rahbarlikka tayinlash va ularni qo`llab quvvatlash yili» bo`lishi mumkinligini tahmin qilishmoqda

'«2018- Yil Yoshlarni rahbarlikka tayinlash va ularni qo`llab quvvatlash yili» bo`lishi mumkinligini tahmin qilishmoqda'ning rasmi

Bugun, 7 dekabr kuni Toshkentdagi «O`zbekiston» anjumanlar saroyida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tishi kutilmoqda.

Tadbirda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ma`ruza qiladi. Ma`lumki, O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan respublikamizda 1997 yildan buyon Konstitusiya kuni bayrami arafasida kirib keladigan yangi yilni nomlash an`anaga aylangan.

Bugun ham ushbu an`anaga muvofiq, Shavkat Mirziyoev 2018 yil nomini e`lon qilishi kutilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha so`rovnomalar o`tkazildi. Ular orasida ko`plab o`zbekistonliklar

«2018- Yil Yoshlarni rahbarlikka tayinlash va ularni qo`llab quvvatlash yili» bo`lishi mumkinligini tahmin qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar