AsosiyJamiyat

​ASAKADA ISLOM KARIMOV SIYMOSI AKS ETTIRILGAN MEMORIAL MAJMUA OChILDI

'​ASAKADA ISLOM KARIMOV SIYMOSI AKS ETTIRILGAN MEMORIAL MAJMUA OChILDI'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga Birinchi Prezidentimiz nomi berilgan edi. Kecha “GM-Uzbekistan” AJda Islom Karimov siymosi aks ettirilgan memorial majmua ochildi. Shu munosabat bilan o`tkazilgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, avtomobilsozlar hamda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar qatnashdi.

Marosimda so`zga chiqqanlar mustaqilligimiz asoschisining bugungi tinch va farovon hayotimizni ta`minlash yo`lidagi buyuk xizmatlarini e`tirof etishdi. Jumladan, “GM-Uzbekistan” AJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning ta`kidlashicha, mazkur zavod milliy iqtisodiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo`shdi. Xususan, dastlabki yilda bu erda uch turdagi avtomobillar tayyorlangan bo`lsa, hozirgi paytga kelib ular soni 11 taga etdi. Ayni paytda korxona to`liq quvvat bilan ishlab, yiliga 200 ming dona mashinani buyurtmachilarga etkazib bermoqda. Uning konveyerlaridan shu kungacha 2,7 million donadan ziyod avtomobillar chiqdi. Bugungi kunda o`zbek mashinalari dunyoning o`nlab mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Qolaversa, bu erda yangi-yangi modellarni yaratish ustida izchil izlanishlar olib borilayapti.

— Birinchi Prezidentimiz bilan bir necha marotaba muloqot qilish baxtiga muyassar bo`lganman, — deb xotirlaydi O`zbekiston Qahramoni, ishlab chiqarish texnologiyalari bo`limi bosh texnologi Hasanboy Qosimov. — Faoliyatimni 1985 yilda telejka zavodida boshlaganman. Uning bazasida qo`shma korxona barpo etilishi ko`plab mahalliy ishchi-mutaxassislar hayotida tub burilish yasadi. Birinchi Prezidentimiz bu erga tez-tez tashrif buyurib, korxonamiz qurilishining borishi bilan tanishar edi. 1996 yil 19 iyul sanasi esa mustaqil davlatimiz tarixi solnomalariga oltin harflar bilan bitildi. Shu kuni zavodimiz tantali ochildi.

    Boshqa yangiliklar